» » Turkmanistonda JSST missiyasi oldidan koronavirusga chalingan bemorlar boshqa kasalxonalarga yashirilishi ma’lum bo‘ldi

Turkmanistonda JSST missiyasi oldidan koronavirusga chalingan bemorlar boshqa kasalxonalarga yashirilishi ma’lum bo‘ldi


22-aprel kuni xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tgan brifing chog‘ida Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov mamlakat hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni yashirayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etgandi. Ertasi kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari mamlakatda rostdan ham COVID-19 bilan kasallanganlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun Turkmanistonga borishi ma’lum bo‘ldi. “Xronika Turkmanistana” nashri o‘zining manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, mamlakatda JSST vakillarining kelishi oldidan bemorlar boshqa kasalxonalarga yashirilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, JSST ekspertlarining mamlakatga kelishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, IIV, MXV hamda boshqa qator vazirlik va qo‘mitalar, jumladan, mintaqaviy bo‘linmalar vakillari uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda Turkmanistonni yaxshi tomondan ko‘rsatish uchun qanday choralar ko‘rish lozimligi muhokama qilinib, bir qator variantlar ko‘rib chiqilgan:

Natijada kasallarni viloyatlarning qishloq tibbiy muassasalaridagi karantin zonalariga joylashtirishga qaror qilingan.

Avvalroq Turkmanobodda koronavirus bilan kasallangan kamida 7 bemor davolanayotgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, hozirda ularning ikki nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Qolganlarni esa Garashsizlikdagi ruhiy kasallar shifoxonasiga joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, ushbu shifoxonalarda JSST missiyasi Turkmanistonda bo‘lgan vaqt, ya’ni 2-3 kun davomida ishlovchi tibbiyot xodimlarini tayyorlash boshlangan. Turkmanoboddagi karantin zonasida ishlovchi shifokorlar o‘z joyida qolib, ular JSST vakillariga o‘z ishlari haqida so‘zlab beradi.

Mavzuga doir: AQSh elchixonasi: “Turkmaniston mamlakatda koronavirus aniqlanganida ham uni tan olmasligi mumkin”

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda pandemiya paytida ham masjidlarda taroveh namozlarini o‘qishga hech qanday cheklov qo‘yilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют