» » Tojikistonda bolalarga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ismlar ro‘yxati e’lon qilindi

Tojikistonda bolalarga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ismlar ro‘yxati e’lon qilindi


Tojikistonda bolalarga qo‘yish mumkin bo‘lgan “Milliy ismlar ro‘yxati” to‘plami nashr qilindi. Bu haqda Tojikiston Madaniyat vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

“To‘plamda 3000 dan ortiq tojik milliy ismlari mavjud. Shuningdek, unda ismlarning rus va ingliz tilida qanday yozilishi ham ko‘rsatilgan. Tojik milliy ismlar ro‘yxati madaniy va tarixiy qadriyatlarni qayta tiklash maqsadida nashr qilindi”, — deya ta’kidladi vazirlik vakili.

Ism, familiya, otasining ismini yozishni tartibga soluvchi qonunga o‘zgartishlar 2016-yilning mart oyida kiritilgan edi.

O‘zgartishlarga ko‘ra, tojik milliy familiyasini qo‘yishda bolaning otasi yoki uning boshqa ajdodlari ismiga –i, -zod, -zoda, -on, -yon, -yen, -yor, -niyo, -far kabi qo‘shimlar qo‘shiladi.

“Bolaga tojik milliy madaniyatiga begona bo‘lgan ismlarni, mahsulot, buyumlar, hayvon va qushlar, shuningdek, so‘z birikmasi, odamning g‘urur va sharafini kamsituvchi, odamlarni tabaqalarga ajratuvchi ismlar qo‘yish taqiqlanadi. Ismlarga ‘mullo’, ‘xalifa’, ‘to‘ra’, ‘xo‘ja’, ‘shayx’, ‘vali’, ‘oxun’, ‘amir’, ‘so‘fi’ kabi taxalluslarni qo‘shish ham mumkin emas”, — deyiladi qonunda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 21:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют