» » UzAuto Motors ishlab chiqargan mashinalarni chetdan olib kirishda boj to‘lovini bekor qilish taklif etilmoqda

UzAuto Motors ishlab chiqargan mashinalarni chetdan olib kirishda boj to‘lovini bekor qilish taklif etilmoqda


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalarni chetdan olib kirishda boj to‘lovlarini bekor qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.

“O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtotransportlar eksport qilingandan so‘ng o‘sha avtomobillarni yurtimizga qayta olib kirishda boj to‘lovlarini bekor qilish maqsadga muvofiq. Xorijda ishlab chiqarilgan (inomarkalar) avtomobillarga boj to‘lovlari o‘zgarmasdan qolaversin”, — deb yozgan murojaat muallifi.

Qayd etilishicha, tashqi bozor narxida O‘zbekiston avtomobillarini sotib olish pul aylanmasini bir necha marotaba oshiradi. Xalq arzon narxlarda avtomobillarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, milliy mahsulotni xarid qilish ko‘rsatkichi ham ortadi.

“Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomashinalarni chetdan olib kirishda boj to‘lovlari bekor qilinishini taklif qilamiz”, — deyiladi petitsiyada.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyasiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Narxlarning bu qadar keskin oshishi xalq orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqargandi.

Hatto Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoralab chiqqan, Shavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qilgandi. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi esa UzAuto Motors AJ yengil avtomobillar narxlarini oshirgani yuzasidan bayonot berish bilan cheklangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют