» » Qamashilik haydovchi tumanda benzin narxi tushmaganidan shikoyat qildi

Qamashilik haydovchi tumanda benzin narxi tushmaganidan shikoyat qildi


Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida Ai-80 benzini hamon 4500 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan haydovchi tumanda o‘zboshimcha tadbirkorni tartibga chaqiruvchi mas’ullar yo‘qligini aytmoqda.

“Ko‘p joylarda Ai-80 benzini 4000 so‘m. Lekin Qamashi tumanida eski narx — 4500 so‘mdan sotilmoqda. Qamashida buni nazorat qiladigan mutasaddilar yo‘qmi?”, — deydi murojaat qilib haydovchi Akmal Nodirov.

Akmal Nodirov tomonidan “Daryo”ga taqdim qilingan xarid chekidan ma’lum bo‘lishicha, bundayin o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ygan yonilg‘i quyish shaxobchasi “Langar asl invest” MChJga qarashli shaxobchaligi oydinlashadi.

“Ikki-uch kun ilgari ham shu ‘zapravka’ga kirganimda 4500 so‘mdan sotishayotganini ko‘rib, e’tiroz bildirgandim. ‘Bizda hali eski narxda sotilyapti. Bizgacha yangi narx kelmagan deyishgandi’, — deydi narxdan norozi haydovchi.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida tumandagi “zapravka” rahbarlaridan biri bilan suhbatlashdik.

“Biz ham 4500 so‘mdan sotyapmiz, boisi ayni kunda sotilayotgan Ai-80 benzinini 27-aprel kuni eski narxda olib kelganmiz. 200 litr qolgan. Zarar qilmaslik uchun oldingi narxda sotishga majburmiz”, — deydi shaxsi sir qolishini so‘ragan yonilg‘i quyish shaxobchasi rahbarlaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” joriy yil 29-apreldan boshlab Ai-92 markadagi benzin narxini 500 so‘mga arzonlatib, 5500 so‘m qilib belgilanishini xabar qildi. 3-maydan boshlab esa Ai-80 benzini ham 500 so‘mga pasayib, 4000 so‘mdan sotish yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют