» » Top-10: APL klublarining 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi transferlari e’lon qilindi

Top-10: APL klublarining 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi transferlari e’lon qilindi


ESPN nashri Angliya Premyer Ligasi klublarining 2019/20-yilgi mavsumda amalga oshirgan eng yaxshi transferlari ro‘yxatini tuzdi.

Reyting futbolchilarning jamoasi o‘yiniga ko‘rsata olgan ta’siri va uning transferi uchun sarflangan mablag‘lardan kelib chiqib tuzilgan.

Birinchi o‘rin “Manchester Yunayted” futbolchisi Brunu Fernandeshga nasib qilgan. Mankunianlar Brunu uchun “Sporting Lissabon” klubiga 50 million funt to‘lagandi. Ikkinchi pog‘ona “Liverpul”dan 20 million funt evaziga “Sauthempton”ga o‘tgan Denni Ingzga nasib etgan. Uchinchi pog‘onadan esa “Chelsi”dan erkin agent sifatida “Kristal Pelas”ga o‘tgan Gari Keyxill o‘rin olgan.

Top-10 esa quyidagicha:

1. Brunu Fernandesh (“Sporting”dan ? “Man Yunayted”ga, 50 mln funt)

2. Denni Ingz (“Liverpul”dan ? “Sauthempton”ga, 20 mln funt)

3. Gari Keyxill (“Chelsi”dan ? “Kristal Pelas”ga, erkin agent)

4. Gabriel Martinelli (“Ituano”dan ? “Arsenal”ga, 6 mln funt)

Mavzuga doir: APLda darvozabonlar tomonidan ijro etilgan eng yaxshi seyvlarni tomosha qiling (video)

5. Harri Maguayr (“Lester”dan ? “Man Yunayted”ga, 78 mln funt)

6. Jeyms Makkarti (“Everton”dan ? “Kristal Pelas”ga, 3 mln funt)

7. Nil Mope (“Brentford”dan ? “Brayton”ga, 20 mln funt)

8. Aaron Uan-Bissaka (“Kristal Pelas”dan ? “Man Yunayted”ga, 50 mln funt)

9. Mateo Kovachich (“Real”dan ? “Chelsi”ga, 41 mln funt)

10. Ismaila Sarr (“Renn”dan ? “Uotford”ga, 27 mln funt)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 140) ( 0) ( 138) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют