» » Davlat soliq qo‘mitasi Netflix va Apple’ning O‘zbekistonda QQS to‘laganini xabar qildi

Davlat soliq qo‘mitasi Netflix va Apple’ning O‘zbekistonda QQS to‘laganini xabar qildi


Tarixdagi eng yirik kapitallashgan korporatsiya – Apple Distribution International Limited O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va I chorakdagi faoliyati natijalariga ko‘ra, davlat budjetiga 59,2 ming AQSh dollari miqdorida soliq to‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar qilgan.

2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgan.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatayotgan 10 ta chet el kompaniyasi Internet kompaniyalarning QQS ofisi orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Avval O‘zbekiston hududida elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyasi – Google Commerce Limited ham QQS to‘lovini amalga oshirgan. Mazkur kompaniya 2020-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, davlat budjetiga 85 ming yevro to‘lagandi.

Bundan tashqari, filmlar va seriallar yetkazib beruvchi – Netflix International B.V. kompaniyasi ham O‘zbekiston budjetiga 4,3 ming yevro miqdorida QQS to‘lagan.

Chet el kompaniyalarining ixtiyoriy ravishda ro‘yxatdan o‘tishi va soliqlarni to‘lashi hududida pullik xizmat ko‘rsatayotgan mamlakat qonunlarini hurmat qilishni anglatadi, deyilgan Davlat soliq qo‘mitasining xabarida.

Avval Apple O‘zbekiston uchun App Store’dagi dasturlar narxini oshirgani, bunga “Google solig‘i” sabab bo‘lishi mumkinligi, O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda “Google solig‘i” belgilab qo‘yilgani, “Yandeks”ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori lavozimida bir necha yillar ishlagan Yevgeniy Lukyanchikov “Google solig‘i” ikki tomonlama soliqqa tortilishga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют