» » Toshkent shahar hokimligi nega poliklinikalar mehnatga layoqatsizlik varaqalarini bermayotganini izohladi

Toshkent shahar hokimligi nega poliklinikalar mehnatga layoqatsizlik varaqalarini bermayotganini izohladi


Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati nega oilaviy poliklinikalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari karantinga yopilgani munosabati bilan bolalarning ota-onalariga mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berishni rad etayotgani haqida tushuntirish berdi.

Bildirilishicha, umumiy qoidaga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) karantin belgilanganda ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi. Ushbu varaqa Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi kerak. Biroq amaliyotda poliklinikalar Sog‘liqni saqlash vazirligidan bunday farmoyish bo‘lmaganini vaj qilib, bunday hujjatni berishni rad etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining tushuntirishicha, mehnatga layoqatsizlik varaqalari berishni rad etish qonuniydir.

“Sog‘lom bolani parvarish qilish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasini MTT Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan faqat mazkur bolalar bog‘chasida bolalardan biri o‘tkir infeksiyali yoki parazitar kasallik bilan og‘rib qolgan holatda karantinga yopilgan taqdirda berish nazarda tutilgan. Binobarin, poliklinikalar mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berishni asoslangan holda rad etishmoqda, sababi MTT aniqlangan infeksiyali kasallik tufayli emas, balki koronavirusning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik munosabati bilan yopilgan.

Aslida ushbu vaziyatda mehnatga layoqatsizlik varaqasini olmasa ham bo‘ladi. MTT tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining ota-onalari o‘z xohishlariga ko‘ra va grafikdan qat’i nazar mehnat ta’tiliga chiqishlari mumkin. Shu jumladan, 6 oydan kam ishlab berganlar ham. Agar haq to‘lanadigan ta’tildan foydalanib bo‘linganda yoki xodim hozirning o‘zida undan foydalanishni istamasa, u ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilga chiqishi mumkin. Ushbu ta’til turiga maksimal 3 oy muddat bo‘yicha cheklov tatbiq qilinmaydi”, — deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga doir:

Avvalroq maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida unga qarovchi ota-onasidan biriga o‘n to‘rt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi haqida ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют