» » SSV Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozorida aslida nima bo‘lganiga oydinlik kiritdi

SSV Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozorida aslida nima bo‘lganiga oydinlik kiritdi


Avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori ichidagi barcha xodimlari bilan yopilgani, tadbirkorlarning birida yuqori tana harorati kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar IIBB bozor dezinfeksiya qilish va savdo joylarini sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopilgani, tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida tarqagan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati ham bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan hamda mazkur savdo qatorlarida Sanitariya kuni e’lon qilganini bildirgan.

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, aslida shu kuni bozor hududiga kiraverishda o‘rnatilgan tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyatsiyaga olingan.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor hududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning o‘zida (11-may kuni) 1989-yilda tug‘ilgan (erkak) ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmaganligini ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют