» » Toshkent, Xorazm va Namanganda 30 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 2040 nafarga yetdi

Toshkent, Xorazm va Namanganda 30 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 2040 nafarga yetdi


Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar va Namangan viloyatida 5 nafar, jami 30 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqash vazirligi.

12-mayning o‘zida jami 52 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 2040 nafarni tashkil etmoqda.

Avval 12-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus aniqlanganlar soni 2519 nafarga yetgani xabar qilingandi. Sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari jami 469 nafar bemor davolanmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 10 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют