» » Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Xorazm va Sirdaryoda jami 35 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Xorazm va Sirdaryoda jami 35 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi


Qoraqalpog‘istonda 17 nafar, Surxondaryoda 9 nafar, Xorazmda 8 nafar hamda Sirdaryoda 1 nafar jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu tariqa to‘liq sog‘ayganlar Qoraqalpog‘istonda 87 nafar, Surxondaryoda 29 nafar, Xorazmda 153 nafar hamda Sirdaryoda 5 nafarga yetdi.

Bir sutka ichida jami 86 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlarning umumiy soni 2020-yil 4-may soat 21:00 holati bo‘yicha 1405 nafarni tashkil qildi.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yil 4-may soat 15:30 holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 51 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lgani va tuzalganlar soni 1370 nafarga yetgani xabar qilingandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2181 nafarga yetgan, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari jami 766 nafar bemor davolanmoqda.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hududlar soni uchtaga yetgan — Jizzax viloyatida uch bemor, Qashqadaryodagi olti bemor va Navoiy viloyatida ikki nafar bemor sog‘ayib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют