» » O‘zbekistonda bir kunda 100 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Jami sog‘ayganlar soni 992 nafarga yetdi

O‘zbekistonda bir kunda 100 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Jami sog‘ayganlar soni 992 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 28-aprel kuni dastlab Farg‘ona viloyatida yetti nafar, Qashqadaryo viloyatida bir nafar, Buxoro viloyatida to‘qqiz nafar, Toshkent shahrida 49 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 28-aprel soat 19:15 holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida 27 nafar, Surxondaryoda yetti nafar bemor butkul sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Shunday qilib, Andijonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 88 nafarga, Surxondaryoda esa 18 nafarga yetgan. O‘zbekiston bo‘yicha esa 28-aprel kuni jami 100 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 992 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28-aprel 14:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1939 ta holat qayd etilgan, 15-martdan beri bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют