» » Buxoroda koronavirusga chalingan to‘qqiz kishi sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 909 nafarga yetdi

Buxoroda koronavirusga chalingan to‘qqiz kishi sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 909 nafarga yetdi


Buxoro viloyatida 28-aprel kuni koronavirusga chalingan navbatdagi to‘qqiz nafar bemor to‘liq sog‘aydi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Ularning bari 25-mart kuni Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan edi.

Ulardan sakkiz nafari erkak, bir nafari ayol; ikki nafari Toshkent shahridan, yana ikki nafari Toshkent viloyatidan, uch nafari esa Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Samarqanddan, qolgan ikki kishi Buxoroning o‘zidan. Eng yoshi kattasi 55 da, eng kichigi 19 da.

“Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 280 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 289 nafarga yetdi. Yurtimizda bemorlarning sog‘ayib chiqishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hozircha Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 28-aprel soat 13:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 909 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq, 28-aprel kuni Farg‘ona viloyatida yetti kishi, Qashqadaryo viloyatida esa bir kishi koronavirusdan sog‘aygani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun, 28-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 1924 taga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют