» » O‘zbekistonda COVID-19 dan to‘liq tuzalganlar soni 156 nafarga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19 dan to‘liq tuzalganlar soni 156 nafarga yetdi


O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay tuzalgan bemorlar soni kundan kunga oshib bormoqda. Toshkent shahri, Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari safiga endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham ham qo‘shildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar bemor butunlay sog‘aygan va yuqumli kasalliklar shifoxonasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Koronavirusdan forig‘ bo‘lgan bemorlarning biri Toshkent shahridan, u Toshkent—Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdda Qoraqalpog‘istonga borgan vaqtida test qilingan va bemorda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangandi. Qolgan ikki nafar fuqaro esa Nukus shahrida yashovchi ota-bola, ular kasallikni koronavirus bilan kasallanganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 17-aprel holatiga ko‘ra, 27 nafarga yetib, COVID-19 dan tuzalganlarning umumiy soni esa 156 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq Andijonda yana 6 nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani, Namanganda koronavirusga chalingan yana 7 kishi sog‘aygani va O‘zbekistonda tuzalganlar soni 153 nafarga yetgani xabar qilingandi.

16-aprel kuni Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda tuzalganlar soni 129 nafarga yetgan edi. O‘zbekistonda 17-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1390 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют