» » Bosh prokuratura deputat Rasul Kusherbayev bilan bog‘liq voqealarga munosabat bildirdi

Bosh prokuratura deputat Rasul Kusherbayev bilan bog‘liq voqealarga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevga qarshi ayrim tadbirkorlar ko‘rsatma berishga majburlangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Avvalroq deputatning o‘zi mazkur xabarlarga munosabat bildirgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmat rahbari Hayot Shamsutdinov mazkur xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Bosh prokuratura vakili deputatga nisbatan prokuratura organlari tomonidan qandaydir ta’sir ko‘rsatishga urinilayotganini inkor etgan. Hayot Shamsutdinov bunday asossiz iddaolar ortidan kelib chiqayotgan shov-shuvlar jamoatchilik fikrini chalg‘itishi barobarida, xolis tergovga ta’sir qilishi ehtimolini yuzaga keltirayotganini ta’kidlagan.

Ta’kidlanishicha, Rasul Kusherbayevga nisbatan ko‘rsatma olish uchun go‘yoki “hiqildog‘idan olinayotgan” tadbirkorlarning vajlari ham asossiz. Ulardan o‘zlariga nisbatan dastlabki tergov jarayonida ruhiy yoki jismoniy bosim o‘tkazilgani bo‘yicha hech shikoyat kelib tushmagan. Ayblanuvchilar malakaliy huquqiy yordam olish imkoniyatiga ega, bu borada hech qanday muammo yo‘q.

Dastlabki tergov hujjatlarga ko‘ra, B.Qo‘ziyev Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan “Qo‘shyog‘och Oltin Fayzli Baliqlari” MChJga norasmiy ravishda rahbarlik qilib kelgan. U ushbu jamiyatga rasman rahbarlik qilib kelgan ukasi J.Zokirjonov bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga zid xatti-harakatlar sodir etgan. Nizomga ko‘ra, qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va yerosti suvlaridan yer uchastkasi egasi yoki foydalanuvchisining xo‘jalik yoki maishiy ehtiyojlari uchungina foydalanilishi kerak, foyda olish maqsadida qazib olingan foydali qazilmalarni boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ekspertiza xulosasida baliq havzasini tashkil etish jarayonida qum-shag‘alni boshqa iste’molchilar va korxonalarga foyda olish maqsadida berish va sotish qat’iyan taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur jamiyat uchun qurilish qurmaslik sharti bilan baliq boqish uchun sun’iy hovuz qurilishini loyihalashtirish maqsadida Yangiyo‘l tumanining Yangihayot massividan 11,8 gektar yer maydoni ajratilgan. “Qo‘shyog‘och Oltin Fayzli Baliqlari” MChJni boshqarib kelgan aka-uka mazkur yer maydonining 4 gektar qismidan baliqchilik havzasini tashkil etish maqsadida qazib olingan jami 57,2 ming kub metr hajmdagi qum-shag‘al aralashmalarini ish haqi va boshqa maqsadlarda hisob-kitob qilish uchun hududdan olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ygan.

Bu orqali mazkur shaxslar yuqoridagi nizom talablari hamda O‘zbekiston Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga zid ravishda harakat qilgan.

Natijada makur fuqarolar o‘ziga ishonib topshirilgan va uning ixtiyorida bo‘lgan davlat va jamoatning qiymati 600 789 105 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida J.Zokirjonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Uning akasi tergovdan yashiringani sababli unga nisbatan ham ayni modda bilan ayb e’lon qilinib, qidiruvga berilgan.

Jinoyat ishining J.Zokirjonovga tegishli qismi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют