» » Andijonda tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratib berish evaziga 16 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Andijonda tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratib berish evaziga 16 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Tadbirda fuqaro M.A. fuqaro N.S.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududidan mebel ishlab chiqarish va issiqxona qurish uchun 2 gektar yer ajratib berishga ko‘maklashish evaziga 16 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 6 000 dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют