» » Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 720 nafarga yetdi

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 720 nafarga yetdi


Tojikistonda COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bilan bog‘liq yana 68 ta holat qayd etildi va mamlakatda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 720 nafarga yetdi. 23 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Bu haqda Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Bibixonim Darveshzodaga tayanib “RIA Novosti” xabar qildi.

“Bir sutka ichida koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 68 taga ko‘paydi. Mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 720 nafarga, COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni esa 23 nafarga yetdi”, — degan Darveshzoda.

Tojikiston SSV vakili Tojikiston hukumati hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini qayd etdi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi mamlakat aholisini shaxsiy gigyena qoidalariga rioya qilish, kasallik belgilari kuzatilganda o‘z hududlaridagi oilaviy shifokorga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Mavzuga doir: 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasining butun dunyoda tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qilgan. Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 million 200 mingdan oshgan, 289 ming nafardan ko‘proq bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют