» » Afsonaviy Hummer’ning elektrodvigatel o‘rnatilgan yangi avlodi dizayni taqdim etildi

Afsonaviy Hummer’ning elektrodvigatel o‘rnatilgan yangi avlodi dizayni taqdim etildi


Original Hummer H1 2006-yildayoq ishlab chiqarishdan olib tashlanganiga qaramay, u Amerika avtomobil sanoatining afsonaviy ko‘rinishini o‘zida mujassamlashtirgan. Aynan shu sababli General Motors yo‘ltanlamasi ko‘plab modifikatsiyalar nishoniga aylanadi. Bu safar Amerika korporatsiyasining elektromotorli Hummer’ni ishlab chiqarish to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng, Lamborghini va Genesis brendlarida ishlagan Samir Sadixov ismli dizayner yaqin kelajakdagi Hummer’ning ko‘rinishini tasavvur qilib ko‘rdi, deb xabar beradi Motor.

Samir vizual jihatdan afsonaviy yo‘ltanlamasning original dizaynini saqlab qolishga uringan. Shu bilan birga, radiator panjarasi ixchamlashgan, yumaloq yorug‘lik diodli faralar va burilish signallari paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, Hummer oynasi biroz “cho‘ktirilgan” bo‘lib, bu o‘z navbatida eshik va yon tomonlari ostida chuqurchalar paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Dizayner yo‘ltanlamasning klassik yon oynalarini kameraga almashtirgan. Avtomobil shiftiga to‘rt seksiyali panorama lyuki o‘rnatilgan. Kuzovning orqa qismini yechib tashlab, mashinadan yuk tashishda foydalanish mumkin.

Mazkur loyiha faqatgina eskiz shaklida bo‘lgani sabab yo‘ltanlamasga qanday dvigatel o‘rnatilishi haqida so‘z bormaydi. Hummer EV elektropikapining kelajakdagi premyerasi hisobga olinadigan bo‘lsa, Samir Sadixovning loyihasida 1000 ot kuchiga ega elektrodvigateldan foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: Video: Rossiyalik blogerlar Hummer’ga “Jiguli”ning 13 dyuymli g‘ildiraklarini “kiydirdi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют