» » Lamborghini tomonidan taqdim etiladigan “kelajak superkari”ning birinchi surati paydo bo‘ldi

Lamborghini tomonidan taqdim etiladigan “kelajak superkari”ning birinchi surati paydo bo‘ldi


Kembrijda 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan EmTech konferensiyasida Lamborghini kompaniyasi “kelajak superkari”ni taqdim etadi. Avtomobil Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlikda yaratilgan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Yangi avtomobil haqdagi tafsilotlar hozircha noma’lum. Biroq Lamborghini avvalroq Huracan’ning yangi avlodi ustida ishlayotgani haqida xabar berilgan.

Gibrid superkar 2022-yilda paydo bo‘ladi va lanton-ftoridli akkumulyator bilan jihozlanadi.

Lamborghini’ning yana bir yangi avtomobili Urus yo‘ltanlamasi bo‘ladi. U 4-dekabrda Sant Agata-Bolonezada namoyish etiladi. Mashina dastlab 650 ot kuchiga ega V8 tvin-turbo dvigateli bilan jihozlanadi. Uning ekologik quvvatlanuvchi talqini keyinroq paydo bo‘ladi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют