» » Oybek Tursunov Uzcard’ning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi

Oybek Tursunov Uzcard’ning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi


Uzcard brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Yagona umumrespublika protsessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (MChJ) ta’sischilari tarkibi yangilandi, deya xabar bermoqda Telegram’dagi @bankers_uz kanali.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrida havola qilingan ma’lumotlarga ko‘ra (MChJning STIR raqami Ochiq ma’lumotlar portalida ko‘rsatilgan), MChJning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqi jismoniy shaxs Mahmudov Ahror Abrorovichdan boshqa jismoniy shaxs — Tursunov Oybek Batirovich tasarrufiga o‘tgan.

Registrda Uzcard’ning qolgan 25 foizi ulushi “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJning o‘ziga tegishli ekani ko‘rsatilgan. “Yuridik bilimlarimiz pand bermayotgan bo‘lsa, MChJning o‘ziga o‘zi ta’sischi sifatida ishtirok etishi qonunchilik bo‘yicha va mantiqan ham mumkin emas”, — deb ushbu holatni izohlagan @bankers_uz.

Ma’lumot uchun, Ahror Mahmudov Uzcard’ning amaldagi rahbari hisoblanadi. Oybek Botirovich Tursunov esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovidir.

Avvalroq 95 foiz ulushi Oybek Tursunovga tegishli bo‘lgan Promadik Invest kompaniyasi “Kapitalbank” aksiyalarining 36 foizini sotib olgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют