» » Farg‘onada internet-nashr xodimi hujumga uchradi. Gumonlanuvchilar Quva hokimligi tomonidan yollangani taxmin qilinmoqda

Farg‘onada internet-nashr xodimi hujumga uchradi. Gumonlanuvchilar Quva hokimligi tomonidan yollangani taxmin qilinmoqda


13-may kuni soat 19:00 larda “Effect.uz” sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchradi. Bu haqda mazkur internet nashri muxbiri Elyor Tojiboyev tahririyatga videomurojaat orqali ma’lum qilgan.

Muxbir Tojiboyevning aytishicha, holat Quva tumani hokimligida fuqaroning murojaati o‘rganilgandan so‘ng sodir bo‘lgan.

Quva tumani hokimligidan fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqdik va Farg‘ona shahriga otlandik. Yo‘lda men murojaatchining mashinasiga mindim, operatorimiz G‘iyosbek Eshov esa o‘ziga tegishli Matiz mashinasida bizdan oldinlab ketgandi. Birdan operator qo‘ng‘iroq qilib, unga yo‘lda hujum bo‘lganini aytdi. Voqea joyiga yetib borgan chog‘imiz juda ham xunuk manzaraga guvoh bo‘ldik.

Noma’lum kimsalar operatorning ko‘zlariga gaz sepib, mashinasining oynalarini sindirib yuborishgan ekan. Ustiga-ustak, ular tahririyat mulki bo‘lgan operatorning videokamerasini olib qochib ketishgan.

Ammo ular o‘ziga tegishli bo‘lgan hujjatlarini unutib qoldirishgan, biz ushbu kimsalarni hujjatlari orqali topishga erishdik va ayni vaqtda Quva tumani tezkor xodimlariga bo‘lgan voqea haqida aytib berdik.

Bilishimizcha, hozirda butun Farg‘ona ushbu hodisa yuzasidan oyoqqa turgan va tegishli tashkilotlar tomonidan kerakli yordamlarni olmoqdamiz. Ushbu holatdan respublika miqyosidagi ayrim tashkilotlar ham xabardor bo‘ldi.

Operatorimizni shifoxonaga olib ketishdi, uning ko‘zlari hozirda yaxshi ko‘rmayapti. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. Bizga hujum qilgan shaxslar Quva tuman hokimligi tomonidan yollangan bo‘lishi ham mumkin.

Mashinaning oynasini sindirishga, operatorga shunchalik darajada hujum qilishga va tahririyat mulki bo‘lgan videokamerani olib ketishga hech kimning haqqi yo‘q edi. Ammo bilmadik, nega bunday bo‘ldi. Hozirda bizdan IIO xodimlari tushuntirish xatlari oldi.

Elyor Tojiboyev, “Effect.uz” saytining Farg‘onadagi muxbiri

View this post on Instagram

Тезкор: Фар?онада EFFECT.UZ ходими жиддий ?ужумга учради Бугун, 13 май куни соат 19:00 ларга я?ин EFFECT.UZ сайти ходими ?иёсбек Эшов Фар?она вилоятининг ?ува туманида жиддий ?ужумга учради. Бу ?а?да EFFECT.UZ мухбири Элёр Тожибоев та?ририятга видео мурожаат ор?али маълум ?илди. Мухбирнинг айтишича, ?олат ?ува тумани ?окимлигида фу?аронинг мурожаатини ўрганилгандан сўнг содир бўлган. #EFFECTUZ #Quva #Farg?ona

A post shared by Effect.uz (@effectuzb) on

Ushbu voqea yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgan.

“‘Effect.uz’ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragani holati yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi”, — dedi Hayot Shamsutdinov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют