» » Kosmik sport. Kosmonavtlar qanday mashq qiladi?

Kosmik sport. Kosmonavtlar qanday mashq qiladi?


Siz kosmonavtlar qancha vaqt davomida parvozga tayyorlanishi va ular qanday mashq qilishi haqida oylab korganmisiz? Etiboringizga kosmonavtlardan birining kosmik stansiyaga parvozdan oldin, parvoz vaqtida va undan keyingi holatlar haqidagi xotiralarini havola etamiz.

Kosmonavtning parvozga tayyorgarlik jarayoni uzoq vaqtga chozilib ketishi mumkin. Hatto birga uchadigan ekipaj tarkibida boladigan songgi tayyorgarlik ham ikki yarim yilga yaqin vaqtni oladi. Juda kop narsani organish, kop narsaga tayyorlanish kerak.

Kosmik stansiyada ozini tutish malakalarini mashq qilish ham kop vaqt oladi. Boshqa mamlakatlar kosmonavtlari bilan tosiqsiz gaplasha olish uchun ingliz tilidan bilimi yuqori darajada bolishi kerak. Jismoniy tayyorgarlikka kelsak, kosmonavtlarda umumiy jismoniy yuklamalarga maxsus mashqlar ham qoshiladi. Masalan, vaznsizlik holatida bolishga tayyorlanish.

Vaznsizlikka moslashish chogida odamda dengiz kasalligini eslatuvchi va kongil aynishi, bosh aylanishi, bosh ogrigidan iborat kosmik kasallik kuzatiladi. Sababi shundaki, bizning vestibulyar apparatimiz bunday holatda turishga moslashmagan. Vestibulyar apparat Yerga qaytishga ham uzoq vaqt davomida konikadi. Yerga qaytganda, goyoki qaytadan yurishni organayotgandek hissiyot paydo boladi va bundan boshqa yol ham yoq.

Kosmonavt vaznsizlik holatida uzoq vaqt turib qolsa, u kuniga bir necha soatdan sport bilan shugullanishi zarur, aks holda muskullar yetarlicha yuklama olmaydi. Xalqaro kosmik stansiyada yugurish yolakchasi bor. Unda shugullanish uchun odam ozini maxsus kamarlar bilan mahkamlashi kerak.

Parvozning yakuniy bosqichlarida kosmonavtlar qoshimcha mashqlarni bajaradi. Masalan, ular Yerga qaytishga bir oycha vaqt qolganida vaqti-vaqti bilan maxsus yukli kostyumni kiyadi, u oyoqlarga qon borishini taminlaydi. Shu tariqa, ular Yer sharoitiga asta-sekinlik bilan moslashadi.

Vaznsizlikda umurtqa pogonasi chozilib, odam 56 santimetrga osadi. Bu unchalik yaxshi emas, chunki kosmik kemadagi kreslolar individual olchamlar boyicha yasalgan. Umurtqa pogonasi oldingi olchamiga kelishi uchun kosmonavtlar Pingvin deb ataluvchi kostyumni kiyadi, u umurtqa pogonasiga yuk bosadi va Yer gravitatsiyasiga qaytishga tayyorlaydi.

Manba: The-challenger.ru

: admin (19-04-2017, 09:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -