» » “Roskosmos” kosmonavtlar otryadiga nomzodlarni tanlab olib, ularni Oyga parvoz uchun tayyorlaydi

“Roskosmos” kosmonavtlar otryadiga nomzodlarni tanlab olib, ularni Oyga parvoz uchun tayyorlaydi


“Roskosmos” 14-mart kuni kosmonavtlar otryadiga nomzodlarni tanlab olishni boshladi, deb yozadi Meduza.

Kosmik korporatsiya xabarida aytilishicha, tanlov g‘oliblari yangi “Federatsiya” kemasining ilk uchuvchilariga aylanadi va rossiyaliklar orasida birinchi bo‘lib Oyga yo‘l oladi. Kema hozircha ishlab chiqish bosqichida bo‘lib, missiya 2030-yillarga rejalashtirilmoqda.

Kosmonavtlar otryadidagi o‘ringa Rossiyaning 35 yoshdan oshmagan oliy ma’lumotli fuqarolari da’vogarlik qilishi mumkin. Ular ingliz tilini bilishi va “kompyuter texnikasi bilan birga ishlash bilimiga ega bo‘lishi” kerak.

Nomzodlar ta’lim va professional malakalar, psixologik xususiyatlar, salomatlik va jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha tanlovdan o‘tishi kerak.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют