» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasini tasdiqladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020—2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Mazkur farmonga asosan, 2020—2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi hamda O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Farmonga muvofiq, xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asakabank”, “Aloqabank”, “Qishloqqurilishbank” va “Turonbank” dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi. Bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirish (faoliyatini transformatsiya qilish) amalga oshiriladi, ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketi sotiladi.

Bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki”, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qiladi hamda bu ishlarga doir masalalarda xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib boradi va bitimlar tuzadi. Loyiha ofisiga moliya vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.

Strategiyani amalga oshirish quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni ko‘zda tutadi:

Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy banki va Moliya vazirligi 2024-yildan kechiktirmay Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholashni o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют