» » O‘zbekistonda 18-maydan boshlab shaxsiy avtomobillardan foydalanish uchun yengilliklar kiritildi

O‘zbekistonda 18-maydan boshlab shaxsiy avtomobillardan foydalanish uchun yengilliklar kiritildi


Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 18-maydan boshlab shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Qarorga ko‘ra, hududlar bo‘yicha quyidagi tartib joriy etiladi:

“Yashil” toifadagi hududlarda — Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020-yil 6-maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;

“Sariq” toifadagi hududlarda — soat 06:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berildi. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim.

“Qizil” toifadagi hududlarda — avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan 10:00 gacha, 17:00 dan 20:00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, 18-maydan boshlab Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) tiklanadi. Shuningdek, Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovi (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, avia va temiryo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Mavzuga doir: Germaniyalik mutaxassislar O‘zbekiston karantindan chiqish bo‘yicha juda to‘g‘ri strategiyani tanlaganini bildirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda viloyatlar, tuman va shaharlar koronavirus xavfi darajasiga qarab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan. Avvalroq e’lon qilingan ro‘yxatda Toshkent shahri va uning barcha tumanlari “sariq” hududlar qatoriga kirgandi.

O‘zbekistonda 14-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2645 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bo‘lib, infeksiya asoratlari oqibatida 11 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют