» » 57 yoshli Evander Holifild: Mayk Taysonga qarshi jang qilishni xohlayman

57 yoshli Evander Holifild: Mayk Taysonga qarshi jang qilishni xohlayman


Boks bo‘yicha og‘ir vazn sobiq chempioni Evander Holifild afsonaviy bokschi Mayk Taysonga qarshi uchinchi jangda ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Men buni xohlayman. Ha, Tayson bilan jang qilmoqchiman. Hatto 57 yoshimda ham bu ishni uddalay olaman.

Unga munosib qarshilik qila olaman. Gap kimning g‘olib bo‘lishida emas, maqsad odamlarga biz o‘z davrimizning eng buyuk jangchilaridan ekanimizni ko‘rsatib qo‘yish.

Maykga nisbatan hech qanday adovatim yo‘q, o‘ylashimcha, bu sport uchun yaxshi bo‘ladi. Garchi boks keskin sport turi bo‘lsada, biz birgalikda yaxshi jang tashkil qila olishimizni odamlarga ko‘rsatib qo‘yishimiz mumkin.

U ko‘plab takliflar olayotganidan xabarim bor. Ikkimiz ham boksga qaytishimizni e’lon qilganimizdan keyin, men va Mayk o‘rtasidagi jang barcha ko‘rishni xohlaydigan voqeaga aylanadi”, — deydi Holifild.

Tayson va Holifild ikki bor 1996 va 1997-yillarda o‘zaro jang qilgan. Ilk jangda Holifild nokaut evaziga g‘alaba qozongan, ikkinchi to‘qnashuvda esa Mayk raqibining qulog‘ini tishlab olgan va diskvalifikatsiya qilingan.

Avvalroq 53 yoshli Tayson ringga qaytish va bir nechta ko‘rgazmali jangda qatnashish istagida ekanini ma’lum qilgandi. Uning ortidan 57 yoshli Holifild ham boksga qaytishini e’lon qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют