» » Koronavirusning eng batafsil 3D modeli yaratildi

Koronavirusning eng batafsil 3D modeli yaratildi


Rossiyaning ilmiy vizualizatsiya bilan shug‘ullanuvchi Visual Science studiyasi SARS-CoV-2 koronavirusining eng batafsil 3D modelini yaratdi.

Model yaratuvchilarining ta’kidlashicha, bu hozirgi kunda koronavirusning eng aniq modeli hisoblanadi.

Dizaynerlarning so‘zlariga ko‘ra, yorqin ranglar bilan virus genomini kodlovchi oqsillar, kulrang tuslari bilan esa virus xo‘jayin-hujayradan oluvchi struktura tasvirlangan.

“Shu orqali biz viruslarning parazit va mustaqil bo‘lmagan tabiatini qayd etamiz”, — deydi model mualliflari.

Vizualizatsiya kadrlarida membrana yuzasidagi oqsillarga ega SARS-CoV-2 koronavirusining mayda zarralarini ham ko‘rish mumkin.

Avvalroq amerikalik biologlar koronavirus oqsilidagi “tikon”lar tebranishini tovushga aylantirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Koronavirus hujumi mikroskop ostida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют