» » Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot


Xolesterinning ko‘payishi salomatlikka, xususan, yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin. Organizmda xolesterin miqdori biz amal qiladigan hayot tarzi va iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan bog‘liq. Cosmopolitan nashri xolesterinni kamaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar ro‘yxatini taqdim qildi.

Zaytun moyi

Milliy taomlari zaytun moyi qo‘shib tayyorlanadigan mamlakatlarda yurak kasalligi bilan vafot etganlar soni kamchilikni tashkil qiladi. Zaytun moyi qondagi “yomon” (past zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq) xolesterinni kamaytirib, “yaxshi” (yuqori zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq) xolesterinni ko‘paytiradi, ya’ni qon tomirlari devorlarida blyashka (zararlangan qon tomirlardagi xolesterin birikmasi) paydo bo‘lishining oldini oladi.

Avokado

Avokado omega-3 yog‘ kislotasi, kaliy va lyuteinga boy hisoblanadi. Ushbu mahsulotni bir oy davomida iste’mol qilish natijasida qondagi past zichlikdagi lipoprotein sezilarli darajada kamayadi.

Losos go‘shti

Losos tarkibida xolesterin miqdorini me’yorlashtiruvchi va qon tomirlarda tromb paydo bo‘lishini oldini oluvchi katta miqdordagi omega-3 yog‘ kislotalari mavjud

Piyoz

Ayniqsa, qizil piyoz xolesteringa qarshi samarali vosita hisoblanadi. U qon tomirlarni blyashkalardan tozalaydi. Bir kunda yarimta piyoz yeyish qondagi “yaxshi” xolesterin 30 foizga ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Loviya

Klechatkali mahsulotlar xolesterin so‘rilishini tezlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan yurak-qon tomir salomatligi uchun ahamiyatli hisoblanadi. Donli mahsulotlar klechatkaning asosiy manbayi hisoblanadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bir portsiya (taxminan 120 gr) loviya zararli xolesterinni 8 foizga kamaytiradi.

Suli yormasi

Suli yormasi yana bir klechatkaga boy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tongni suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa bilan qarshi oladiganlar organizmidagi xolesterin miqdori nazorat ostida bo‘ladi.

Kurkuma (zarchava)

Kurkuma aterosklerozning oldini oluvchi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning iste’moli jigardagi “yomon” xolesterinni parchalaydigan retseptorlar miqdorini ko‘paytiradi.

Soya

Soya oqsili ham “yomon” xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligi bilan ahamiyatli. Uni hayvon yog‘i o‘rniga iste’mol qilish qondagi xolesterin miqdorini 20% ga kamaytiradi. Bundan tashqari, soya jigarni ortiqcha safrodan tozalashi, mukammal antioksidantligi bilan ham o‘ziga xosdir.

Bodom

Bodom yurak uchun foydali va organizmni energiya bilan ta’minlovchi mahsulot hisoblanadi. Bodomni har kuni oz-ozdan iste’mol qilish mumkin.

Qora shokolad

Qora shokolad yurak-qon tomirlarida uchraydigan kasalliklarda ijobiy profilaktika sanaladi. Bundan tashqari, shokolad kayfiyatni ko‘tarib, miya faoliyatini yaxshilaydi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют