» » Sardobada quriladigan uylar qaysi kompaniyalar tomonidan qurilishi ma’lum qilindi

Sardobada quriladigan uylar qaysi kompaniyalar tomonidan qurilishi ma’lum qilindi


Sirdaryodagi suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda ko‘p qavatli uylarni qurish ishlari bilan uchta kompaniya shug‘ullanadi. Bu haqda Xalqaro press-klubning Sardoba voqealariga bag‘ishlab o‘tkazilgan sessiyasida qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ma’lum qildi..

Mavzuga doir: Foto: Sardoba tumani aholisi uchun quriladigan 5 qavatli uylar loyihasi taqdim etildi

Sherzod Hidoyatovning bildirishicha, muddat kamligi sababli quruvchi kompaniyalarni tanlashda tender o‘tkazilmagan. Kompaniyalar ishini o‘rganib, uchtasi tanlangan.

Ma’lum qilinishicha, “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini oldida qurilayotgan 20 ta uyni Whitecity Construction kompaniyasi quradi. Mazkur kompaniya Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Oqtepa mavzesida hamda Sergeli tumanida monolit uylar qurgan. Bundan tashqari, kompaniya Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida o‘qituvchilar uchun uylar qurgan. Kompaniyaning texnologiyasi yangi bo‘lgani uchun uning xodimlari, asosan, turklardan iborat.

Qurilish ishlarida ishtirok etadigan ikkinchi kompaniya Ecopark kompaniyasi bo‘lib, u Toshkentdagi TAPOiCh hududining ro‘parasidagi ekouylarni qurgan, Taraqqiyot ko‘chasidan yangi ko‘prikkacha qurilish ishlarini olib borgan.

Uchinchi kompaniya esa Gold Step Invest kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu kompaniya Toshkent shahri Qorasuv dahasida Milliy gvardiya xodimlari uchun uylar qurgan. Shuningdek, Al-Xorazmiy nomidagi maktab ham mazkur korxona tomonidan qurilgan.

Sherzod Hidoyatovning aytishicha, ana shu uchta kompaniya tanlab olinib, ularga asosiy shartlar qo‘yilgan hamda tezlik bilan zamonaviy, energiya tejovchi va sifatli uylar qurish vazifasi berilgan. Hozirgi kunda loyihalash ishlari bilan parallel ravishda kompaniyalar tomonidan mobilizatsiya ishlari boshlab yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi zarar yetgan xonadonlarni ta’mirlashga (1773 ta uy) 123 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek, yana 3 ta yangi uy-joylar dahasi quriladi, uning ichidan 1 ta maktab, 66 ta uy, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda bitta qishloq oilaviy poliklinikasi joy oladi.

Mavzuga doir:Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan 1,8 mingga yaqin kottej davlat hisobidan bepul ta’mirlanadi

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Avvalroq Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarida uylar O‘zbekistonning viloyatlari ko‘magi bilan qurilishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют