» » “To‘qqiz qavatli Sergeli”da 2017-yilda to‘qqiz qavatli uylar kran yo‘qligi uchun qurilmadi

“To‘qqiz qavatli Sergeli”da 2017-yilda to‘qqiz qavatli uylar kran yo‘qligi uchun qurilmadi


Sergeli — to‘qqiz qavatli uylar tumani. To‘g‘ri, ora-sira “bo‘yi” to‘qqizga yetmagan yoki undan o‘tib ketgan uylar ham uchrab turadi. Lekin ko‘pchilik Sergeli deganda — mashina bozoridan tashqari — odatda, aynan to‘qqiz qavatli panel “domlar o‘rmoni”ni tasavvur qiladi.

“Juda uzo-oqdagi” Sergelining hozirgi bu manzarasi 1990-yillar arafasidagi ommaviy uy-joy qurilishlaridan so‘ng yuzaga kelgan — o‘shanda Toshkentning yo‘ldosh-tumanida yuzlab ko‘p qavatli uylarda minglab xonadonlar foydalanishga topshirilgan.

Tuman 2016-yil sentabridan beri, ta’bir joiz bo‘lsa, ikkinchi marta xuddi shunday ommaviy uy-joy qurilishini o‘z boshidan kechirmoqda. Bir yil avval e’lon qilingan rejalarga ko‘ra, 2020-yilgacha Sergelida 500 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilishi kerak.

2017-yilgi Mustaqillik bayrami arafasida Sergelida qurilayotgan 66 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilishi va’da qilingan edi. Ularning aksariyati yetti qavatli turar joy binolar bo‘lib, “to‘qqiz qavatli Sergeli” uchun biroz noodatiydek ko‘rinadi (shekilli).

Mavzuga doir: Fotolavha: Sergeli tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar

Shu sabablimi, 3-oktabr kuni Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlardan biri nima uchun Sergelida to‘qqiz qavatli uylar qurilmagani haqida savol berdi. Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev to‘g‘risini aytdi.

Sergelida to‘qqiz qavatli uylarni qurmaganimizga sabab — bizda kran yo‘q edi. Buni ochiq tan olish kerak.

Asomiddin Tojiyev, Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Toshkent shahar hokimligi vakilining bu javobi birinchi marta eshitgan quloqqa g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin bunda bir ibratli jihat borligini ham qayd etmoq zarur: Asomiddin Tojiyev vaziyatdan chiqib ketish uchun gapni olib qochmadi (birinchidan), yolg‘on gapirmadi (ikkinchidan), yo‘q narsani va’da qilmadi (uchinchidan), borini aytdi, tashqaridan biroz g‘alati ko‘rinsa-da, mavjud vaziyatni ochiq tan oldi (to‘rtinchidan).

Aytmoqchi, 2017-yil oxirigacha to‘qqiz qavatli uylarni qurishda qo‘l keladigan kran topilsa kerak — Asomiddin Tojiyevning aytishicha, 2018-yildan Toshkentda 9, 12, 14 va 16 qavatli monolit uylar qurilishi boshlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют