» » O‘zbekistonda mahkumlarning OTMlarda o‘qishi uchun maxsus o‘quv guruhlari tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda mahkumlarning OTMlarda o‘qishi uchun maxsus o‘quv guruhlari tashkil etilishi mumkin


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta’limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat munosabatini shakllantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish, yangi jinoyat sodir etishining oldini olishda ta’lim olishiga va kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish asosiy vositalardan hisoblanadi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyat ko‘rsatmayotgan jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishi uchun, shuningdek, barcha jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning oliy ta’lim olishi uchun imkoniyat va sharoitlarni yaratish, shuningdek probatsiya xizmati uchun kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish zarurati yuzaga kelgan.

2019—2021-yillarda O‘zbekiston jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning masofaviy ta’lim shakli orqali umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olishi uchun imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning masofaviy ta’lim shakli orqali oliy ta’lim muassasalarida maxsus o‘quv guruhlari tashkil etish taklif qilinmoqda.

Unga ko‘ra, maxsus o‘quv guruhida ta’lim oluvchilar soni 30 kishidan ortiq bo‘lmaydi, maxsus o‘quv guruhlarida ta’lim oluvchilarning soni oliy ta’lim muassasalarining belgilangan umumiy qabul kvotalari soniga kirmaydi va davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining tashkiliy shtat tuzilmasiga Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining ta’limni tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilib, uning zimmasiga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning ta’lim olishini samarali tashkil etish va ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Bosh prokuratura bir oy muddatda Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslarining yangi tahrirdagi loyihalarida quyidagilar bo‘yicha aniq huquqiy mexanizmlar belgilanishini ta’minlaydi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют