» » Misr terma jamoasi sobiq murabbiyi: Muhammad Saloh 2018-yilda “Real”dan tushgan taklifni rad etgan

Misr terma jamoasi sobiq murabbiyi: Muhammad Saloh 2018-yilda “Real”dan tushgan taklifni rad etgan


Misr terma jamoasi sobiq murabbiyi Hani Ramzi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh 2018-yilda “Real”ga o‘tishdan bosh tortganini aytdi.

“O‘sha vaqtda Ektor Kuper bilan ishlardim, 2018-yilning mart oyida Shveysariyada mashg‘ulotimiz bor edi. Saloh bilan gaplashdim va u “Real”dan taklif olganini aytdi. Taklif juda yaxshi edi, biroq Saloh men va Kuper bilan maslahatlashdi hamda “Liverpul”da qolishga qaror qildi. Chunki u yerda Muhammad o‘zini yaxshi his qilardi”, — deydi Ramzi.

Saloh 2017-yildan buyon “Liverpul” safida harakat qiladi. Misrlik futbolchi “Real”ga qarshi kechgan 2018-yilgi Chempionlar Ligasi finalida jarohat olib maydonni tark etadi va uning jamoasi finalni boy berdi (1:3). Biroq oradan bir yil o‘tib, “Liverpul” finalda “Tottenhem”ni taslim etgan holda (2:0) bosh sovringa ega chiqadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют