» » “Liverpul” a’zosi Muhammad Saloh Afrikada 2017-yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi

“Liverpul” a’zosi Muhammad Saloh Afrikada 2017-yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi


Misr terma jamoasini Jahon Chempionatiga qahramonona olib chiqishda katta mehnat qilgan Muhammad Saloh Afrika qit’asining 2017-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish jarayonida Saloh raqobatchilari bo‘lgan Sadio Mane (Senegal) hamda Pyer-Emerik Obameyangni (Gabon) ortda qoldirdi. “Liverpul” hamda “Borussiya Dortmund” futbolchilariga qaraganda “Liverpul” a’zosining faoliyati yorqinroq ko‘rindi.

Saloh Afrikada yil futbolchisi deb topilgan misrlik ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Unga qadar Mahmud Al-Xatiba shunday baxtga musharraf bo‘lgandi.

Saloh bunga qadar arab mamlakatlarining ham eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga erishgandi. Bu borada 25 yoshli hujumchi suriyalik Umar Xarbin hamda saudiyalik Umar As-Somadan ilgarilab ketgandi.

Afrikada 2017-yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida Misr ustozi Ektor Kuper tan olindi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют