» » Osiyoda yil futbolchisi bo‘lish borasida Yaponiya va Saudiya yetakchi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?

Osiyoda yil futbolchisi bo‘lish borasida Yaponiya va Saudiya yetakchi. O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?


Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilgan OFKning yillik taqdirlash marosimi suriyalik Umar Xarbinni 2017-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

OFK yilning eng yaxshi futbolchisini 1994-yildan buyon aniqlab keladi. Tashkilot rasmiy sayti o‘tgan vaqt davomida kimlar eng yaxshi deb topilgani borasidagi ma’lumotni e’lon qildi. Unda ko‘rinadiki, Yaponiya va Saudiya Arabistoni futbolchilariga 5 martadan shunday baxt nasib qilgan.

Qiziq tomoni, qit’aning doimiy yetakchilari bo‘lgan Janubiy Koreya va Avstraliya futbolchilariga faqatgina 1 marta eng yaxshi bo‘lish nasib qilgan. Vaholanki, mazkur terma futbolchilari Yevropaning kuchli chempionatlarida to‘p suradi. Ulardan kuchli bo‘lmagan Xitoy, BAA, O‘zbekiston kabi termalar o‘z futbolchilarini 2 martadan eng yaxshi qila olgan.

Futbolchilar orasidan faqatgina Xidetoshi Nakata va Server Jeparov ikki martadan yil o‘yinchisi bo‘lishga erishgan. Jeparov uch yildan keyin qaytish qila olgan yagona osiyolik futbolchi hisoblanadi. Quyida yilning eng yaxshilari bo‘la olgan futbolchilar bilan tanishish mumkin.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют