» » Umar Xarbin Osiyoda 2017-yilning eng yaxshisi futbolchisi bo‘ldi. Son Xyon Min esa eng yaxshi legioner

Umar Xarbin Osiyoda 2017-yilning eng yaxshisi futbolchisi bo‘ldi. Son Xyon Min esa eng yaxshi legioner


Tailand poytaxti Bangkok Osiyo Futbol Konfederatsiyasining yillik taqdirlash marosimiga mezbonlik qildi. Unda Osiyo futbolining 2017-yildagi eng yaxshilari taqdirlandi.

Yil futbolchisi bo‘lish uchur kurashda suriyalik Umar Xarbinga omad kulib boqdi. Suriya milliy termasining irodali jamoaga aylanishida bosh rollardan birini o‘ynagan va “Al-Hilol” klubining OChL finaliga yo‘l olishiga katta hissa qo‘shgan Umar Xarbin raqobatchilarini ortda qoldirdi.

Bu borada Xarbinga Osiyoning 2016-yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon va Xitoy termasi yetakchilaridan biri, shuningdek, Odil Ahmedov bilan “Shanxay SIPG” sharafini himoya qiladigan Vu Ley raqib bo‘lgandi. Yakunda bir necha yillardan buyon tinchlik hukm surmayotgan Suriya futbolchisi g‘olib chiqdi.

OFK yilning eng yaxshi legioner futbolchisi sovrinini koreyalik Son Xyon Minga topshirdi. Londonning “Tottenhem” klubi safida yorqin o‘yinlar ko‘rsatayotgan futbolchi Yevropada to‘p tepayotgan qolgan osiyoliklardan ilgarilab ketdi.

Taqdirlash marosimida o‘zbekistonlik vakil ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Sohil futbolida faoliyat olib boradigan Baxtiyor Namozov OFKning hakamlar uchun ajratgan maxsus sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Takafumi Xori — “Urava Red” (Yaponiya)

Asako Takakura — Yaponiya

Samanta Kerr — Avstraliya

Li Syong Vu — Janubiy Koreya

Sung Xyang Sim — KXDR

Ali Asqar Hasanzoda — Eron (ketma-ket ikkinchi bor)

OFK ommaviy futbol rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun Xitoy Futbol Assotsiatsiyasini taqdirlandi. Keyinroq yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi sovrinini Eronga topshirdi. “Osiyo orzusi” sovrini esa Yaponiyaga nasib qildi. “Osiyo olmosi” bilan BAA Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Yusuf As-Serkal taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida FIFA prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etgandi. U va OFK prezidenti yakunda JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan Osiyoning besh mamlakati — Eron, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Avstraliyaga maxsus sovg‘a topshirdi. Bungacha mundiallarda Osiyo qit’asidan 5 ta termaning ishtirok etishi kuzatilmagandi.

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov marosimda ishtirok etdi va taqdirlanganlarni kuzatdi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют