» » Qashqadaryoda 231 ta xonadon karantinda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Qashqadaryoda 231 ta xonadon karantinda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi


Qashqadaryo viloyatida karantin davrida 231 ta xonadon vakillari tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 15-martidan 10-mayiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida viloyatda elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish bilan bog‘liq 231 ta holat aniqlangan.

“Aholi 214 ta holatda elektr energiyasidan, 17 holatda esa tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan holatlarning 67 tasi may oyining so‘ngi o‘n kunligiga to‘g‘ri kelgan”, — deydi Gulnoza Dilmurodova.

Ta’kidlanishicha, huquqbuzarlar davlatga 248 million 700 ming so‘m zarar yetkazgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют