» » Qashqadaryoda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan kollej davlatga qariyb 12 million so‘m zarar yetkazdi

Qashqadaryoda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan kollej davlatga qariyb 12 million so‘m zarar yetkazdi


Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandangi kasb-hunar kollejlaridan birida tabiiy gaz sarfi bo‘yicha monitoring o‘tkazilganda, kollejda ruxsatsiz noqonuniy ravishda gazdan foydalanib kelish holati aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi inspektori Gulnoza Dilmurodova ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, kollej rahbariyati hech qanday hujjatsiz, o‘zboshimchalik bilan gaz hisoblagichni yechib olgan holda, ma’muriy binoni isitish uchun tabiiy gazdan foydalanib kelayotgan bo‘lgan.

MIB xodimlari tomonidan ushbu holat qayta hisob-kitob qilinganda, kollej bu noqonuniy harakati bilan davlat va jamoat manfaatlariga 11 million 520 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlangan. Endilikda kollej ma’muriyati yetkazilgan zararni qoplash barobarida, noqonuniy harakat uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish)ga asosan qo‘llanilgan ma’muriy jarimani hamda tarmoqqa qayta ulash uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ngina tarmoqqa qayta ulab beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют