» » Jizzaxda noqonuniy “tadbirkor” davlatga 33 millon so‘mlik zarar yetkazdi

Jizzaxda noqonuniy “tadbirkor” davlatga 33 millon so‘mlik zarar yetkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumanida joylashgan issiqxona faoliyati o‘rganilganda, bu yerda elektr energiya va tabiiy gazdan noqonuniy tarzda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. Ya’ni, issiqxona rahbari ta’minotchi korxonalar bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqlarga ulanib olgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Ta’minotchi korxonalar taqdim etgan xulosalarga ko‘ra, tadbirkor tomonidan davlatga jami 33 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Issiqxona rahbari haqiqatan ham bu yerda pomidor yetishtirish uchun elektr energiya va gaz ta’minoti korxonalari bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqlarga ulanib olgan hamda energiya resurslaridan noqonuniy tarzda foydalanib kelgan.

Tadbirkor qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan hamda yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют