» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2247 nafarga yetdi. Surxondaryoda 1 nafar bemor qoldi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2247 nafarga yetdi. Surxondaryoda 1 nafar bemor qoldi


Surxondaryo viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘lini saqlash vazirligi xabar qildi.

Shifo topganlarning ikkalasi ham Surxondaryo viloyatidan — 60 yoshli erkak, hamda 45 yoshli ayol. Ular karantin muassasasida bo‘lgan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyatdagi koronavirus infeksiyasidan tuzalgan 40 nafar bemor safiga yana 2 kishi qo‘shilgach, COVID-19’dan xalos bo‘lganlar soni 42 nafarga yetdi. Bir nafar bemor davolanmoqda.

2020-yil 17-may soat 21:00 holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 34 nafar bemor kasallikdan tuzaldi va O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 2247 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 2746 nafarni tashkil qilmoqda, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari 487 nafar bemor davolanmoqda. 12 nafar bemor esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют