» » Qoraqalpog‘istonda koronavirusdan tuzalganlar 112 kishiga yetdi. Davolanayotgan yana 8 nafar bemor qoldi

Qoraqalpog‘istonda koronavirusdan tuzalganlar 112 kishiga yetdi. Davolanayotgan yana 8 nafar bemor qoldi


Qoraqalpog‘istonda 15-may, juma kuni 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Tuzalganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda.

Avvalroq 15-may kuni Namanganda 5 kishi, Samarqandda 15 kishi sog‘aygani xabar berilgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2158 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlarning umumiy soni esa 15-may soat 19:00 holatiga ko‘ra, 2682 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют