» » Avstraliyaning pandemiya sabablarini mustaqil ravishda tergov qilish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda

Avstraliyaning pandemiya sabablarini mustaqil ravishda tergov qilish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda


Avstraliya va Yevropa Ittifoqining yangi turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabablarini mustaqil ravishda taftish qilish bo‘yicha tashabbuslarini 60 dan ortiq mamlakat qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Avstraliyaning ABC teleradiokorporatsiyasi xabar qilgan.

Avstraliyaning koronavirus pandemiyasi sabablarini o‘rganish bo‘yicha tashabbusi avval Pekin tomonidan keskin tanqidga uchragan, biroq ushbu g‘oyani xalqaro tarzda qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichi tezkor tarzda o‘sib bormoqda.

Avstraliya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari har tomonlama puxta, mustaqil va xolis tekshiruv o‘tkazish va JSSTning COVID-19’ga qarshi tavsiyalari asosida kelishuv imzolab, hamkorlik qilishga tayyor. Hujjatda Xitoy yoki kasallikning eng birinchi o‘chog‘i Uxan shahri haqida aniq ma’lumot berilmagan.

“Avstraliya va yana bir nechta mamlakat Yevropa Ittifoqi rahbarligidagi rezolyutsiyaga hammualliflik qildi va unda har tomonlama puxta, mustaqil va xolis tekshiruv o‘tkazish ko‘zda tutilgan”, – deydi Avstraliya tashqi ishlar vaziri Maris Peyn.

Vazirning aytishicha, bunda asosiy urg‘u pandemiyani mustaqil ravishda o‘rganish va global tarzda insonlar salomatligini himoya qilishda to‘g‘ri xulosalar chiqarishga beriladi.

Mavzuga doir: Avstraliyada COVID-19’ga qarshi “mo‘jiza dori” sotuvchi cherkov jarimaga tortildi

Teleradiokorporatsiya ma’lumotlariga asosan tashabbusni 62 ta mamlakat, jumladan, Rossiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, va JAR kabi davlatlar qo‘llab-quvvatlagan. Ushbu tashabbusga AQSh hamda Xitoy tomonidan hali munosabat bildirilmagan.

“Yevropa Ittifoqi va Avstraliya diplomatlari 17-may kuni ikki katta davlat AQSh hamda Xitoyni bu borada ko‘makchi bo‘lishga ko‘ndirish ustida ish olib borgan”, – deyiladi ABC xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют