» » Toshkentda fevral boshida O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda fevral boshida O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tadi


2019-yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian bilan uchrashdi. U atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan foydalanish sohasida hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan YI delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarning barcha asosiy yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayoni boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu o‘rinda, fevral oyi boshida Toshkent shahrida ushbu masala bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundini o‘tkazish takliflari ko‘rib chiqildi.

Yevropa tomoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish ishtirokida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondini qo‘llab quvvatlashini ma’lum qildi.

YI Maxsus vakili Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash va texnik yordam ko‘rsatishga Yevropa Ittifoqi tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning qo‘shma institutlari, jumladan, “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik qo‘mitasi, Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha kichik qo‘mitaning qo‘shma majlislarini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, O‘zbekistonning “Bosh preferensiyalar tizimi plyus” doirasida tarif imtiyozlarini olish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют