» » Video: Belgiyada tibbiyot xodimlari mamlakat bosh vazirini “sharmandalik yo‘lagi” orqali kutib oldi

Video: Belgiyada tibbiyot xodimlari mamlakat bosh vazirini “sharmandalik yo‘lagi” orqali kutib oldi


Belgiya poytaxti Bryusselda shifokorlar mamlakat bosh vaziri Sofi Vilmesga norozilik sifatida uni “sharmandalik yo‘lagi” bilan kutib oldi. Voqea tasvirlangan video YouTube’da paydo bo‘lgan.

16-may kuni bosh vazir mamlakatda koronavirus epidemiyasi boshlangandan keyin ilk bor poytaxtdagi 2 ta shifoxonaga tashrif buyurgan. Sen-Pyer shifoxonasida uning korteji jonlantirish bo‘limi tomon yo‘nalayotganda, yo‘l bo‘ylab tizilib turgan shifokorlar va hamshiralar bosh vazir avtomobiliga namoyishkorona tarzda teskari o‘girila boshlagan. Vilmes shifoxonaga kirganda ham tibbiy xodimlar unga ters o‘girilib, o‘zlariga qarsak chala boshlashgan. Ushbu norozilik aksiyasida 120 ga yaqin odam ishtirok etgani aytilmoqda.

Tibbiy xodimlarining bunday norozilik bildirishiga ularning yetarlicha moliyalashtirilmayotgani va hukumatning tibbiy xodimlarni sanitar inqiroz holatida ish vaqtidan tashqari ishga chiqishga majburlovchi qarori sabab bo‘lgan.

“Shifokorlar o‘tgan 2 oy ichidagi og‘ir mehnat uchun moliyaviy kompensatsiyalar to‘lanishi yoki maoshlar oshirilishini talab qiladi. Shifokor va hamshiralarimiz shundoq ham ish vaqtidan tashqari ishlamoqda va hukumatning bunga majburlovchi qarorlari qattiq norozilikni keltirib chiqaradi”, — deydi shifokorlar kasaba uyushmasi vakili Dirk van Overtveldt.

Bosh vazir bunday “sovuq” qabulga izoh berib, tibbiyot xodimlar muammolarini hal qilish uchun muloqot zarurligini aytgan. “Biror ish noto‘g‘ri ketayotganda eshitishni va tushuntirishni bilish kerak”, — deydi Vilmes.

U tibbiy xodimlarni ham moddiy, ham ruhiy qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.

Kasaba uyushmalari vakillarining ta’kidlashicha, aynan Vilmes budjet ishlari vaziri lavozimini egallagan kezda tibbiy xizmat ko‘rsatishga xarajatlarni kesib tashlagan. Belgiyada tibbiy xodimlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish masalasi apreldan beri ko‘rilmoqda, biroq bu borada hali aniq qarorlar qabul qilinmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belgiyada koronavirusga chalinganlar soni 55 ming kishidan oshgan, mamlakatda virus qurbonlari soni esa 9052 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют