» » Nurmagomedovning menejeri: Habib har bir jangidan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchiligini aytadi

Nurmagomedovning menejeri: Habib har bir jangidan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchiligini aytadi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz rossiyalik yakkakurashchi har bir jangdan so‘ng faoliyatini yakunlash haqida o‘ylashini ma’lum qildi.

“Habib har bir jangdan so‘ng faoliyatini yakunlmoqchiligini aytadi. Ikki hafta o‘tganidan keyin esa u menga qo‘ng‘iroq qiladi va keyingi bellashuvda kim bilan jang qilishi borasida maslahat so‘raydi”, — deydi Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov keyingi jangini 2020-yilning kuzida o‘tkazishi taxmin qilinmoqda. Uning raqibi yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji bo‘ladi. Getji 10-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni nokautga uchratgandi.

Avvaliga Nurmagomedov aprel oyida Fergyusonga qarshi jang o‘tkazishi reja qilingandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab mazkur qarama-qarshilik beshinchi marta bekor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Habib MMA’dagi faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U o‘zining so‘nggi jangini 2019-yilning 7-sentabrida Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, raqibini muddatidan avval taslim qilgandi.

UFC 242 musobaqasining barcha janglarini tomosha qiling.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют