» » Kim Kardashyan teri rangiga mos tushuvchi niqoblar ishlab chiqardi. Ular bir necha daqiqa ichida sotilib ketdi

Kim Kardashyan teri rangiga mos tushuvchi niqoblar ishlab chiqardi. Ular bir necha daqiqa ichida sotilib ketdi


Koronavirus pandemiyasi moda sanoatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Taniqli brendlar turli dizaynga ega niqoblarni ishlab chiqarishni boshlab yubordi.

Hello’ning yozishicha, Kim Kardashyanning SKIMS ichki kiyimlar brendi ham o‘ziga xos niqoblar ishlab chiqardi.

Choksiz yuz niqoblarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni teri rangiga moslab tanlash mumkin. Niqoblar 5 xil rangda taqdim etildi. Kimning so‘zlariga ko‘ra, ular havo o‘tkazadi va mayin ishlangan hamda istalgan obrazga tushadi.

Niqobning narxi 8 dollar, to‘rt donalik komplekt esa 25 dollar. Kardashyanning muxlislari sotuv e’lon qilinganidan keyin 30 daqiqa ichida niqoblarning hammasini xarid qilgan.

SKIMS, shuningdek, Baby2Baby, Good+ Foundation, LA Food Bank va National Domestic Workers Alliance kabi xayriya tashkilotlariga 10 000 ta niqobni bepul beradi. Shuningdek, kompaniya qo‘shimcha 1 million dollar ajratib, pulni ushbu tashkilotlar o‘rtasida teng taqsimlab beradi.

Brendning Instagram’dagi sahifasida xodimlar niqoblar tugagani uchun uzr so‘rab, keyingi hafta ular yana sotuvda bo‘lishini yozdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют