» » Yunusobodda 7 ta mavze ichimlik suvi ta’minotidan uzilib qoldi

Yunusobodda 7 ta mavze ichimlik suvi ta’minotidan uzilib qoldi


18-may soat 20:15 larda Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasidan o‘tgan 600 diametrli toza ichimlik suvi quvurida avariya holati kuzatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur hududda “Suvsoz” MChJ tomonidan ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan va maxsus texnika ish olib bormoqda.

Muammo bartaraf etilguniga qadar tumanning 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16-mavzelari va “Kulol” MFY aholisi toza ichimlik suvi ta’minotidan vaqtinchalik uzilib qolgan.

Ayni paytda yuzaga kelgan avariya sabablari o‘rganilmoqda. Ichimlik suvi ta’minoti tonggi soat 06:00 da tiklanadi, deyilgan xabarda.

Avval 2019-yilning dekabr oyida “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasining “Metroqurilish” korxonasi tomonidan Yunusobod tumanida ekskavator bilan yer qazish ishlari olib borilayotganida Toshkent shahar elektr tarmoqlari tasarrufidagi yuqori kuchlanishli kabellarga zarar yetkazilib, avariya sodir bo‘lgan va to‘qqizta mavze chiroqsiz qolgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют