» » O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning bari xorijdan kelgan fuqarolar

O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning bari xorijdan kelgan fuqarolar


O‘zbekistonda 19-may soat 16:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 kishiga oshib, 2825 nafarni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, yangidan kasalligi tasdiqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelib, karantinga olinganlardir.

Ularning 18 nafari 14-may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan kelgan bo‘lsa, qolgan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil qilmoqda.

Mamlakatning 9 hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 474 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют