» » Rossiyalik millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari ko‘paydi

Rossiyalik millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari ko‘paydi


So‘nggi vaqtlarda yashirin himoyalanish inshootlarini quruvchi kompaniyalarning xizmatlariga talab keskin ortgan, deb yozmoqda Forbes. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Mijozlar orasida rossiyalik millionerlar ko‘p.

Jurnalning qayd etishicha yashirin joy – bunkerlarga talab odatda favqulodda holatlarda oshib ketadi, shu sababli ham bozor nisbatan katta emas. “Spetsgeoproyekt” kompaniyasi rahbari Danil Andreyev bunkerlar qurilishini 200 million rublga baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yil ichida 30 ta xavfsizlik xonasi va 10 ta bunker quriladi. Kompaniya COVID-19 epidemiyasidan avval bir oyda bitta bunker qurgan bo‘lsa, hozir uchta qurilmoqda. Aprelda esa beshta bunkerga buyurtma olgan.

Talabning o‘sib borayotganini AQShdagi ishlab chiqaruvchilar (bu yerda bozor ancha rivojlangan) ham qayd etgan. “Bizga rossiyaliklar ko‘p bora murojaat qildi, 2020-yilda biz ularga ikkita yashirinish bunkerini sotdik”,— deydi AQShdagi Rising S Company bunkerlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakili Gari Linch.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday obyektlarning maydoni taxminan 46 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bitta bunkerning narxi — 150 ming dollar. 2020-yilning dastlabki uch oyi davomida bunkerlarga bo‘lgan talab 2019-yildagiga nisbatan 2000 foizga o‘sgan. Boshqa bir AQSh kompaniyasi Vivos ham Rossiyadan takliflar kelib tushayotganini bildirgan, ammo raqamlar va narxlar borasida aniq ma’lumot bermagan. Umumiy olganda, yashirin joylar tayyorlashga bo‘lgan so‘rovlar ko‘rsatkichi 1000 foizga, sotuvlar esa 400 foizdan ko‘proqqa o‘sgan.

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4,8 millionga yetgan, kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh yaqqol peshqadam — 1,5 milliondan ko‘proq, 2-o‘rinda Rossiya — 299 ming nafardan ko‘p odam kasallikka chalingan. Pandemiya davrida jahonda 319 mingdan ko‘p bemor vafot etgan, 1,8 milliondan ortiq odam esa kasallikdan tuzalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют