» » AQSh sobiq prezidenti Jon Kennedining maxfiy bunkeri qanday ko‘rinishga ega?

AQSh sobiq prezidenti Jon Kennedining maxfiy bunkeri qanday ko‘rinishga ega?


3-mart kuni Vashingtonda Oq uy ostida yadro urushi ehtimoli uchun ikkinchi maxfiy bunker barpo etilganligi ma’lum bo‘ldi. Qurilish ishlari 2010-yilda boshlanib, u 376 million dollarga tushgan. 60-yillarda AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi uchun Floridada maxsus boshpana barpo etilgan. AQSh sobiq prezidentining maxfiy bunkeri qanday ko‘rinishga ega ekanligi “RBK” fotogalereyasida.

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining boshpanasi Florida shtatining Pinat orolida AQSh Qirg‘oq mudofaasi sobiq bazasi hududida joylashgan.

Detachment Hotel deb nomlangan bunker Sovuq urush davrida qurilgan va 30 kishi — AQSh prezidenti, uning oilasi va bir necha maslahatchi uchun mo‘ljallangan. Bunker qurilishi 97 ming dollarga tushgan.

Bombapanohgoh yadro zarbasi amalga oshirilgan taqdirda yashirinish uchun mo‘ljallangan edi. Tahdid yuzaga kelgan taqdirda xavfsizlik xizmati o‘n daqiqada Kennedini orolga yetkazishi kerak edi.

Yashirin boshpanada Kennedi ishlagan stolning nusxasi, karavotlar, gazniqoblar joylangan shkaflar va birinchi yordam vositalari bo‘lgan.

Qachonlardir maxfiy bo‘lgan obyekt hozir — tarixiy diqqatga sazovor joy. 1998-yildan buyon Palm-Bich Dengiz muzeyi bu yerda muntazam ekskursiyalar o‘tkazib keladi.

“Bunker Kennedi” muzeyining sobiq direktori Entoni Millerning so‘zlariga ko‘ra, prezident bir necha marta bunkerga kelgan va o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.

Uzun yo‘lak oxirida havoni tozalovchi qurilma o‘rnatilgan xona bor.

Miller bunkerga kirish jarayoni kiyimlarni radiatsiyaga tekshirishni ham o‘z ichiga olganligini so‘zlab beradi.

Bunker haqidagi ma’lumot 70-yillar o‘rtalarida oshkor etilgan, 1999-yilda esa u sayyohlar uchun ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют