» » Obama yadro zarbasidan bekinishga yashirincha hozirlik ko‘rib, o‘ziga bunker qurdirgan

Obama yadro zarbasidan bekinishga yashirincha hozirlik ko‘rib, o‘ziga bunker qurdirgan


Barak Obama AQSh prezidenti lavozimini egallab turgan vaqtda Oq uyning g‘arbiy qanoti ostida besh qavatli yer osti bunkeri qurilgan. Bu haqda Washington Post sobiq muxbiri Ronald Kessler “Trampning Oq uyi: o‘yin qoidalarining o‘zgarishi” deb nomlangan kitobida ma’lum qildi. Kitobdan parchalar Washington Examiner nashrida chop etildi.

Bunker qurilishi 2010-yilda boshlanib, Obamaning ikkinchi muddati oxiriga kelibgina yakunlangan. Amerika budjetiga yangi inshoot 376 million dollarga tushgan.

Kitob muallifi qo‘shimcha qilishicha, bunkerning mavjudligi maxfiy saqlanadi, ammo u yerga Donald Tramp AQSh prezidentligiga saylangach tashrif buyurgani ma’lum.

Oq uyning sharqiy qanoti ostida ham yana bir bunker bor, u prezidentning favqulodda operatsiyalar bo‘yicha markazi deb nomlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют