» » Obama memuarlar yozish uchun Fransuz Polineziyasiga yo‘l oldi

Obama memuarlar yozish uchun Fransuz Polineziyasiga yo‘l oldi


AQSh sobiq prezidenti Barak Obama dam olish va memuarlar yozish uchun Fransuz Polineziyasidagi bir paytlar mashhur aktyor Marlon Brandoga tegishli bo‘lgan Tetiaroa oroliga yo‘l oldi. Bu haqda Amerikaning sobiq yetakchisiga yaqin manbalarga tayanib, The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Gazetaga ko‘ra, oxirgi vaqtda Barak Obama va uning oilasi omma hamda OAV e’tiboridan chetda bo‘lishga intilib, turli kurortlarga sayyohat qilmoqda. Ular shu paytgacha Palm-Springs, Karib orollari va Gavayida bo‘lishga ulgurdi. 

Sobiq davlat rahbari va birinchi xonimning memuarlarni yozish jarayoni qanday kechayotgani tafsilotlar oshkor etilmadi. Mishel Obamaning vakili Tina Chen ta’kidlashicha, u hozirda asosan uy yumushlari va bolalar bilan band. 

Eslatib o‘tamiz, Penguin Random House noshirlik uy jami 60 million dollar evaziga Barak va Mishel Obamaning ikki alohida xotira kitobini chop etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют